Перейти к содержанию

Товуқбоқарлардан савол бор, раҳбарлар! Жавоб беринглар, нима қилишсин? *** Ass…


Товуқбоқарлардан савол бор, раҳбарлар! Жавоб беринглар, нима қилишсин?

***

Assalomu aleykum Dima aka sog’ salomatmisiz? Aka bir iltimos bor edi. Man buxorodaman. Broyler tovuqlarini yetishtirish bilan shug’ullanaman. Yaqinda prezident qarori bilan tovuq go’shti importi uchun QQS 0 stavka qilib qo’yildi. Bu qaror 2021 yildayam bor edi. Buning oqibatida mahalliy tovuq go’shti yetishtiruvchilar katta zarar ko’rishmoqda. Chetdan arzon go’sht import bo’layotganligi sababli o’zimizda yetishtirilgan go’shtga xaridor topilmayapti. Vaholanki tuman va qishloqlarda kredit olib tovuqchilik bilan shug’ullanayotgan va shuning orqasidan oilasini tebratayotgan aholi juda og’ir vaziyatga tushib qoldi. Nima uchun hukumat tomonidan ko’r ko’rona mahalliy tadbirkorlarni o’ylamasdan bunaqa qarorlar ichlab chiqiladi? Go’sht narxini ko’tarilishi faqat yem-xashakka bo’g’liqku. Shu ozuqa mahsulotlariga bo’lgan QQS stavkasini olib tashlab yemni narxini qanday tushirish mumkinligi haqida o’ylashsa bo’lmaydimi? Sizdan iltimos sizda auditoriya juda katta. Shuning uchun bitta shu to;g;risida maqola qib yuqoridagilarga yetib borishida yordam bersangiz. Bizni tovuqchilarni 5-6 ta gruppasi bor shu gruppalardayam hozir shu temada gap boryapti. Tadbirkorlar yig’ilishib prezidentga murojaat qilishmoqchi.


Source

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *