Перейти к содержанию

Prezident granti — yoshlar uchun imkoniyat! (4-qism) Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq ( 2021-yildan oliy taʼ…


Prezident granti — yoshlar uchun imkoniyat! (4-qism)

Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq (https://bit.ly/3GcWIS8) 2021-yildan oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilingan. Batafsil ma’lumot (https://bit.ly/3geYY0F).

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yil 185,85 balldan yuqori ko‘rsatkichga erishgan 233 nafar yoshlar Prezident grantiga da’vogarlik qiladigan bo‘lgan. Bunda 200-o‘rindagi abituriyent bilan bir xil ball to‘plagan barcha abituriyentlar ushbu grantga da’vogar, deb topilgan (https://bit.ly/3ITk0yi).

Tibbiyot yo‘nalishida o‘qiydigan talabalar juda yaxshi eslasa kerak, bundan bir necha yil oldin kirish imtihonlarida maksimal ball (189 ball) to‘plab ham yoshlar to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan. Bu holat ko‘proq tibbiyot yo‘nalishida kuzatilgan. Sababi o‘shanda hududlar miqyosida ham kvota ajratilardi.

Masalan, buxorolik abituriyent uchun Buxoro davlat tibbiyot insitutiga kvota ajratilgan va bu abituriyent Andijon davlat tibbiyot institutiga topshirsa, uning hududiga kvota ajratilmagan bo‘lsa, u maksimal ball to‘plasa ham, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan.

2021-yilda esa shu narsaga uzil-kesil chek qo‘yildi va endi bilimli, salohiyatli, maksimal ball to‘play oladigan yoshlar uchun katta imkoniyat taqdim etildi. Maksimal ball to‘pla va Preziednt grantiga da’vogarlik qil! Bu tizim — abituriyentlikdan tortib to magistraturagacha bo’lgan ajoyib tizim (https://bit.ly/3KUD8xH)!

O‘qish yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.

Xo‘sh, obunachilarimiz orasida 2021-yilda maksimal ball to‘plab, Prezident grantiga da’vogarlik qilayotgan yoshlar bormi? Maksimal ball to‘plash uchun hozirgi abituriyentlar nima qilishi kerak? Tajriba va tavsiyalaringizni izohlarda qoldiring.

©️ Alisher Sadullaev




Source

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *